Maʼlumki, Rossiyaning “Metrovagonmash” AJ tomonidan 20 ta yangi metrovagon ishlab chiqargan boʻlib, ulardan 5ta metropoyezd shakllantirildi. Joriy yil oxiriga qadar, shartnomaga koʻra, ushbu modifikatsiyadagi yana 20 ta metrovagoni Toshkentga yetkazib berish rejalashtirilgan.
Harakat tarkiblar dunyodagi eng yirik temir yoʻl va shahar relsli transporti uchun harakat tarkiblarini ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan — Rossiyaning “Metrovagonmash” AJ (“Transmashxolding” AJ) da ishlab chiqarildi. Oʻzbekistonga yetkazib beriladigan 81-765/766/767 rusumli metropoyezdlari 2016-yildan buyon turli xil koʻrinishda ishlab chiqarilyapti va ayni paytda ular Moskva, Qozon va Boku metropolitenlarida ekspluatatsiya qilinyapti.
Poytaxtimiz metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan vagonlar zavodning oʻzidan oʻzgacha usulda boʻyalgan koʻrinishda chiqyapti. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangga boʻyalgan. Butun harakat tarkibi boʻylab gorizontal ravishda Oʻzbekiston milliy bayrogʻining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan. Poyezdning tom qismi havorang tusda, old qismi esa qora rangda boʻyalgan. Shuningdek old qismida yoʻnalishni koʻrsatuvchi elektron satri joylashgan boʻlib “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ramzi aks etgan.
81-765/766/767 seriyadagi metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega boʻlib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qoʻllanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi. Yangi vagonlarning yana bir qator texnik imkoniyatlari va afzalliklariga quyidagilar kiradi:
— Vagonlar orasidagi germetik “garmoshka” koʻrinishidagi oʻtish joylari yoʻlovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha oʻtish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sigʻimini oshiradi;
— Yoʻlovchilar saloni har bir tomonda toʻrttadan boʻlgan avtomatik va ikki qavatli eshiklar oʻrnatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani yoʻlovchilarni tasodifan qisilib qolishi oldi olingan;
— Salondagi haroratni oʻrnatilgan konditsioner, isitish va shamollatish tizimi taʼminlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qoʻllanilgan;
— Har bir vagon telekanallar translyatsiyasi imkoni bilan birga yoʻlovchilarga zamonaviy maʼlumot uzatish tizimi bilan taʼminlangan;
— Har bir vagon videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda
shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar mavjud, yongʻinni avtomatik payqash va oʻchirish tizimi ham mavjud;
— Mashinist kabinasida yoʻllar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.
Tadbirda taʼkidlanganidek, yangi keltirilgan 20ta metro vagon (5ta harakat tarkib)larda sozlash ishlari (pusko-naladochnыye rabotы) yakunlangach Toshkent metropolitenining eng gavjum hisoblangan Chilonzor yoʻnalishiga qoʻyiladi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ matbuot xizmati.