Platformada bo'lgan Metropolitenda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi (MXTB) xodimi buni payqab, uning ortidan relslarga sakrab tushadi va qizni ko'tarib, chiqarib olishga urinadi.

Mashinist darhol poezdni to'xtatadi. Bu vaqtda MXTBning ikkinchi xodimi yordamga keladi va u ham relslar ustiga tushadi. Ular birgalikda qizni platformaga ko'tarishga muvaffaq bo'lishadi. Aniqlanishicha, qiz Farg'ona viloyatidan bo'lib, 2005 yilda tug'ilgan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi bo'lgan.