Toshkent metrosiga yangi metro harakat tarkibi olib kelindi

    Transport 25 Fevral 2024 1959

    Kuni kecha Toshkent shahriga toʻrt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi.

    Ushbu harakat tarkiblari belgilan yoʻriqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan oʻtkazilib, soʻngra yoʻlovchilarga xizmat qilishi yoʻlga qoʻyiladi.

    Yoʻnalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishlari”da harakatga chiqariladi, deb xabar beradi “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi matbuot xizmati.

    Shuningdek, taʼkidlash lozimki, 2024-yil may oyiga soʻngiga qadar bosqichma bosqich ravishda yana 8 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.