Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida metro poyezdlari harakati shu vaqtga qadar ertalab soat 06:00 dan 23:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirish hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2026-yil 1-may sanasidan boshlab mazkur yo‘nalishda poyezdlar harakati har kuni soat 05:00 dan 23:00 ga qadar yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining boshqa (Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod) yo‘nalishlarida poyezdlar harakati har kuni ertalab soat 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshirilmoqda.