Yaponiyaning “H.I.S.” sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning turizm salohiyati, xususan, Toshkent shahri va Nagoya bilan hamkorligiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.

"Dunyo AA muxbirining qayd etishicha, Nagoya shahrida tashkil qilingan tadbirlar shahar aholisida katta qiziqish uygʻotdi. Toshkent-Nagoya shaharlar oʻrtasidagi hamkorlik va Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati keng targʻib qilinishiga turtki boʻldi.

Nagoya meriyasi tomonidan ushbu shaharda Toshkent shahrining koʻzga koʻringan joylari aks etgan avtobus qatnovi 2020-yil dekabrdan joriy yilning apreliga qadar shahar markazi boʻylab qatnovi amalga oshirildi. Nagoya shahar markazida joylashgan “Oasis” savdo majmuasidagi LED ekranga Toshkent shahri videoroligi joylashtirildi va yil davomida namoyish etildi.

Oʻz navbatida, Toshkent shahar hokimiyati tomonidan joriy yil aprel oyida poytaxt markazida LED ekranlarda Nagoya shahri haqida tanishtiruvchi videorolik namoyish qilindi hamda joriy yil dekabrdan Toshkent shahrida qatnovchi 20 ta avtobusni “Toshkent va Nagoya hamkor shaharlar” yozuvi va rasmlari bilan bezatildi.

Hozirda Toshkent va Nagoya shaharlari oʻrtasida kelgusi yilda hamkorlikda oʻzaro tadbirlarni tashkillashtirish va ikkala shahar oʻrtasida “yoʻl xaritasi”ni imzolash masalalari ishlab chiqilmoqda.