“Toshkent paxta tozalash zavodi”da yongʻin sodir boʻldi

    Voqea-hodisalar 18 Aprel 2021 1427

    Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani, “Tinchlik” mahallasidagi “Toshkent paxta tozalash zavodi”da yongʻin sodir boʻldi.

    16-aprel, soat 17:13 da Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani, “Tinchlik” MFY Munavvar koʻchasida joylashgan “Real Tekst” MCHJga qarashli “Toshkent paxta tozalash zavodi” hududida ochiq maydonga yoyib qoʻyilgan taxminan 100 kilogramm “Namangan-77” 5-navli paxta xom ashyosi yongan.

    Yongʻin oʻchirish jangovar boʻlinmalari yongʻin joyiga soat 17:20 da yetib borgan. Sodir boʻlgan yongʻin soat 17:30 da oʻrab olinib, soat 18:10 da toʻliq bartaraf etilgan.

    Sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf etishga jami 3 ta yongʻin oʻchirish jangovar boʻlinmalar hamda 20 nafar qutqaruvchi jalb qilingan.

    Qutqaruvchilarning saʼy harakatlari natijasida 4 ta bunt taxminan 8 000 tonna paxta xom ashyosi saqlab qolingan.

    Sodir boʻlgan yongʻinning kelib chiqish sababi, T-28 rusumli paxta ortish yuklama traktorining nosozligi deb topildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.