Jumladan, YEXHT dasturining Bishkekdagi vakolatxonasi rahbari Aleksey Rogov ushbu konferensiyada Markaziy Osiyo mintaqasini xavf-xatardan xoli hududga aylantirish, mamlakatlarda tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qiladigan qator masalalar muhokama qilinganini qayd etdi.
- Ushbu anjuman oʻta dolzarb va oʻz vaqtida oʻtkazildi, deb oʻylayman, - dedi u. - Chunki biz mintaqaviy darajadagi tajribamizni taqqoslashimiz, maqsadlarni belgilashimiz, Markaziy Osiyo mintaqasida terrorizmga qarshi kurashda strategik yoʻnalishlarni belgilab olishimiz zarur edi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari aksilterror hamkorlikni rivojlantirish va tegishli harakat dasturini tuzishda peshqadamlardan biri hisoblanadi. Ushbu dastur ayni paytda muvafaqqiyatli amaliyotga tadbiq etilmoqda. Shuning uchun biz ushbu forum oʻtkazilishini toʻla qoʻllab-quvatladik. Uning doirasida qabul qilingan hujjatlar mintaqada terrorizmga qarshi kurash boʻyicha keyingi tadbirlarni amalga oshirishda bizning “yoʻl xarita”mizga aylanadi.
Taʼkidlash kerakki, anjuman hamkasblarimiz bilan fikr almashish, sohadagi dolzarb masalalar haqida suhbatlashish, joylardagi vaziyat bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Biz Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlarni diqqat bilan kuzatib borayapmiz. Ushbu konferensiya, shuningdek, Oʻzbekiston ustuvor vazifalarimiz va munosabatlarimizni muhokama qilish imkoniyatini ham taqdim etdi. Shu bois Toshkentga safarimiz juda muhim va unumli boʻldi.