Bu yilgi tanlovda 2500ga yaqin asar namoyish qilinadi. Shundan 2000ga yaqini Toshkent shahri, respublikamizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan yuborilgan. 500 ta kartina esa chet ellik yosh rassomlar tomonidan taqdim etilgan.

“Toshkent quvonchlari” an’anaviy IX–Xalqaro bolalar rasmlari Biyennalesi joriy yilning 19 dekabridan 23 dekabriga qadar davom etadi.

Gʻoliblar 23 dekabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston badiiy akademiyasining anjumanlar zalida taqdirlanadi.