"Toshkent" Respublika fond birjasiga boshqaruv raisi tayinlandi

    Moliya 16 Avgust 2022 1474

    "Toshkent" Respublika Fond birjasiga boshqaruv raisi sifatida xorijiy top-menejer jalb etilmoqda.

    2022 yil 15 avgustdagi "Toshkent" Respublika Fond birjasi kuzatuv kengashining yig'ilishida Georgi Otarovich Paresishvilini birja Boshqaruv raisi sifatida jalb qilishga qaror qabul qilindi.

    Giorgi Paresishvili 2014 yildan hozirgi kungacha Gruziya Fond birjasining rahbari bo'lib kelgan, shu bilan birga Gruziya Markaziy qimmatli qog'ozlar depozitariysi kuzatuv kengashining raisi bo'lgan.