Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi B.Musayev ham bevosita ishtirok etdi va tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotda boʻlib, vaziyatga oydinlik kiritdi.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari Zangiota tumanida 2 807 oʻrinlik yangi ochilgan yuqumli kasaliklar shifoxonasiga jalb qilinganligi munosabati bilan ushbu muassasa oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasining 243 nafar tibbiyot xodimi boʻlib, ular Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-iyuldagi 32-sonli bayoniga asosan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga safarbar etilgan. Muassasa ishga tushgach, birinchi 14 kunlik navbatda ushbu shifoxonadan 63 nafar xodim (shifokor, oʻrta va kichik tibbiy xodimlar), 21-iyuldagi ikkinchi 14 kunlikka 16 nafar xodim ishga chaqirilgan. 5-avgustdagi uchinchi 14 kunlik navbatda ishlash istagida boʻlgan 53 nafar xodim jalb qilingan.
Oʻrganishlar davomida tibbiyot xodimlarining barcha talablari qondiriladigan boʻldi. Xususan, epidemik vaziyatning barqarorlashayotgani inobatga olinib, aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent shahar 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyati qayta tiklanib, xodimlar ish jarayoniga qaytarilishi belgilandi. Shunga koʻra, ushbu shifoxona ochilib, 15-avgustdan boshlab bemorlarni qabul qila boshladi.
Bundan tashqari, karantin sabab ish jarayonidan uzilib qolgan xodimlarga konun hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda asosiy lavozim maoshidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi ham toʻliq toʻlab berildi. Qolaversa, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida ishlash istagini bildirgan xodimlarning murojaatlarini tegishli tartibda koʻrib chiqish boʻyicha kerakli topshiriqlar berildi.