Toshkent shahar hokimi deputat etib saylandi

    Shavkat Boʻronovich Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylandi.

    Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

    Sessiyada dastlab Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov “Toshkent shahrida boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida” maʼlumot berdi.

    Maʼlumotga koʻra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida boʻshab qolgan deputatlik oʻrniga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi koʻrsatilgan Shavkat Boʻronovich Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylandi.