Shahar hokimligining maʼlum qilishicha, ayni vaqtda Toshkent shahrida bunday tavsifga mos keladigan mansabdor shaxs mavjud emas. Tarqatilayotgan maʼlumotlarda M.F. deb aytilayotgan shaxs oʻtgan yilning noyabr oyida oʻz xohishiga koʻra egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Ommaviy axborot vositalaridan axborotni eʼlon qilishda ishonchlilik, xolislik va masʼuliyat tamoyillariga amal qilishlarini yana bir bor soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.