баннер
21 Mar 2025
15:42

    Toshkent shahrida nomaʼlum shaxs voyaga yetmagan qizga hamla qildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs voyaga yetmagan qizga nisbatan kuch ishlatganligi aks etgan video tarqaldi.

    Poytaxt IIBB maʼlumotiga koʻra, holat shu yilning 10-mart kuni taxminan soat 16:30 larda Yashnobod tumani, “Doʻstobod” mahallasi hududida sodir boʻlgan.

    2-guruh nogironi, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida roʻyxatda turuvchi X.D. shu yerdan oʻtib ketayotgan voyaga yetmagan M.X.ga nisbatan kuch ishlatgan.

    M.X. baqirgach, X.D. uni qoʻyib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.

    "Oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida M.X.ga zarar yetmagani aniqlandi va u bilan psixolog tomonidan suhbat oʻtkazilgan. Fuqaro X.D. voqea sodir boʻlgan kunning oʻzida shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
    Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi", deyiladi xabarda.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech