Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda

    Ular savdo majmualari, koʻngilochar maskanlar, bozorlar va boshqa jamoat joylarida fuqarolar xavfsizligini taʼminlamoqda

    Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda.

    Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

    Taʼkidlanishicha, poytaxtimizda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar IIBB xodimlari savdo majmualari, koʻngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda.

    "Mamlakatimiz, shahrimiz va har bir mahallada tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash uchun barchamiz birdek masʼulmiz. Befarq boʻlmang, — deyiladi xabarda.