Barchamizga maʼlumki, joriy yilning 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berildi va 2021-yilning 24-oktyabr sanasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilandi. Ilk bor Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida oʻtadigan Prezident saylovi yangilangan milliy saylov qonunchiligi, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora oʻtkaziladi.
14-Toshkent shahar saylov okrugi tomonidan hududda saylov jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida shu haqda soʻz bordi. Bugungi kunda okrugda 822 ta saylov uchastkasi, ularda 8891 nafar aʼzolar bor. Aʼzolar orasida 7346 nafari avvalgi saylovlarda qatnashganlar, 1545 nafari birinchi marotaba qatnashayotganlar.
Okrugda saylovchilar soni dastlabki raqamlarga koʻra, 1.707.682 nafarni tashkil etadi. Buni tumanlar kesimida oladigan boʻlsak:
Bektemir tumani – 19 ta saylov uchastkasi, 38.524 nafar saylovchi;
Mirzo Ulugʻbek tumani – 96 ta saylov uchastkasi, 187.451 nafar saylovchi;
Mirobod tumani – 44 ta saylov uchastkasi, 89.426 nafar saylovchi;
Sergeli tumani – 50 ta saylov uchastkasi, 127.560 nafar saylovchi;
Uchtepa tumani – 84 ta saylov uchastkasi, 180.766 nafar saylovchi;
Chilonzor tumani – 77 ta saylov uchastkasi, 160.625 nafar saylovchi;
Shayxontohur tumani – 84 ta saylov uchastkasi, 187.075 nafar saylovchi;
Yunusobod tumani – 109 ta saylov uchastkasi, 213.258 nafar saylovchi;
Yakkasaroy tumani – 35 ta saylov uchastkasi, 62.499 nafar saylovchi;
Yangihayot tumani – 40 ta saylov uchastkasi, 73.149 nafar saylovchi;
Yashnobod tumani – 81 ta saylov uchastkasi, 178.683 nafar saylovchi;
Olmazor tumani – 103 ta saylov uchastkasi, 208.666 nafar saylovchilar bor.
Barcha saylov uchastkalaridagi komissiyalar Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida oʻz ishini qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflik tamoyillariga toʻla amal qilgan holda tashkil etadi.
Toshkent shahar uchaska saylov komissiya aʼzolarining maʼlumoti haqida gapirsak, ularning 6824 oliy, 1730 nafari oʻrta-maxsus, 337 nafari oʻrta maʼlumot egasi hisoblanadi.
Ularning millatiga nazar tashlasak, 7948 nafar oʻzbeklar, 67 nafar qoraqalpoqlar, 204 nafar qozoqlar, 426 nafar ruslar, 68 nafar tojiklar, 23 nafar koreyslar, 155 nafar boshqa millat vakillari tashkil etadi.
Aʼzolarning yoshi 1148 nafari 21-30gacha, 2226 nafari 31-40 gacha, 2506 nafari 41-50 gacha, 2501 nafari 51-60 gacha, 510 nafari 60 yoshdan oshganlar.
Saylov uchastkasi aʼzolaridan ayollar soni 1550 nafarni tashkil etadi. Rais ayollar 445 nafar, rais oʻrinbosari ayollar 435 nafar, kotib ayollar 571 nafarni tashkil etadi.
Matbuot anjumani davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Toshkent shahridagi uchastka saylov komissiyalari raislariga guvohnomalar topshirildi.
Bahor XIDIROVA,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri