Uchrashuvda mamlakatimizda jamoat transporti tizimini rivojlantirish jarayonida harakat tarkiblarini yangilash borasida dolzarb vazifalar muhokama etildi.
Xususan, tomonlar 200 ta elektrobus sotib olish loyihasini amalga oshirishning hozirgi holatini, shuningdek, Toshkent shahri uchun yana 1000 ta avtobus sotib olish boʻyicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan elektrobuslarni sotib olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq jihatlar atroflicha muhokama etildi.
Transport vaziri Oʻzbekistonda foydalanilayotgan Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslar soni ortib borayotganidan kelib chiqib, kompaniya tomonidan koʻrsatilayotgan servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligini alohida taʼkidladi.