Unga koʻra, Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligining “Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ayrim mahallalarni boʻlish hisobiga yangi mahalla tashkil etish, nom berish hamda ularning chegaralarini oʻzgartirish va belgilash toʻgʻrisida”gi takliflari maʼqullanadi.

Xususan, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Kamolot”, “Olmachi” va “Oqqoʻrgʻon” mahallalarining boʻlinishi hisobiga “Yangi Kamolot”, “Yangi Olmachi” va “Oydin” mahallalari tashkil etiladi.