Joriy yilning 9-iyun kunidan boshlab, esa yana Toshkentdagi yana 7 ta avtobus yoʻnalishi brutto-shartnomalarga oʻtkazildi. Jumladan, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan 27, 51, 69, 94, 100, 131, 185-sonli avtobus yoʻnalishlarida kunlik reja bekor qilindi.
“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmatining deb xabar berishicha, 27- va 185-sonli yoʻnalishlarda “Isuzu” rusumli avtobuslar oʻrniga “SAZ LE-60” rusumli avtobuslar, 61-sonli yoʻnalishda esa 5 dona “Yutong CNG” rusumli avtobuslar xizmat qiladi.