Toshkent shahrida 703 ta transformator punkti yangilanadi

    Eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtiriladi.

    “Toshkent shahridagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–91-son, 11.03.2023-y.) qabul qilindi

    Qarorga koʻra, Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA boʻlgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari quriladi.

    Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiya rekonstruksiya qilinib, ularning oʻtkazish quvvati 179 MVAga oshiriladi. Eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtiriladi.

    Shuningdek, qaror bilan: 2023 – 2025-yillarda Toshkent shahrining past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash dasturining maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Dastur doirasida jami 2 969,8 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 703 ta transformator punkti yangilanadi.

    Shuningdek, respublikaning boshqa hududlaridagi elektr tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha rejalar ishlab chiqiladi.