Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda uning yoni va avtotransport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, 15 dona kichik boʻlaklarda “Alʼfa PVP” va 24 dona boʻlaklarda “Mefedron” giyohvandlik vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida, uning yashash xonadoni ham koʻzdan kechirilib, uyning yertoʻlasida narkolaboratoriya tashkil qilganligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida, qonunbuzarning yonidan va uyidan jami 2,8 kg giyohvand moddalar hamda 11,5 litr prekursorlar, shuningdek, narkolaboratoriya uchun zarur boʻlgan anjomlar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, uning telefonida boʻlgan geolokatsiya yordamida, muqaddam Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hududidagi xufiya joyga yashirib qoʻyilgan, sintetik narkotiklar tayyorlashda foydalaniladigan 49,9 kg va 48 litr prekursorlar olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.