Haftalik doirasida Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari tomonidan barqaror rivojlanish sohasidagi barcha milliy maqsadlar boʻyicha turkum davra suhbatlari oʻtkaziladi.
Xususan, 2021-yil 11-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadida suv resurslaridan oqilona foydalanish” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari J.Kazbekov tadbir davomida suv muhiti ifloslanishining oldini olish va oqar suvlardan xavfsiz foydalanish koʻlamlarini oshirish haqida soʻz yuritdi.
Taʼkidlangandek, barqaror rivojlanish uchun suv resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha rejalashtirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2030-yilga qadar quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi kutilmoqda:
oqova suvlarni tozalash samaradorligini 80 foizgacha oshirish;
markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlarini kengaytirish va boshqalar.