Toshkent shahrida chorrahalar oʻtkazuvchanligini oshirish dasturi ishlab chiqildi

    Transport 31 Yanvar 2023 914

    Yigʻilishda yoʻllarda avtobuslar harakati uchun infratuzilma masalasiga toʻxtalib oʻtildi.

    Toshkent shahridagi 73 ta asosiy koʻchada avtobuslar uchun alohida yoʻlak tashkil etib, chorrahalar oʻtkazuvchanligini oshirish dasturi ishlab chiqildi.

    Bu orqali, avtobuslar oʻrtacha tezligi 1,5 baravar oshib, kechikishlar bartaraf etiladi.

    Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

    - oʻz hududida transport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlab, ishlarni boshlash;

    - namunaviy bekat loyihasini ishlab chiqib, tadbirkorlarga reklama va bankomat xizmatlarini tashkil qilish uchun vaqtinchalik foydalanishga berish tartibini kiritish topshirildi.

    Ayni paytda hududlar rahbarlari va soha mutasaddilari berilgan topshiriqlar ijrosini qanday tashkil etishi yuzasidan axborot bermoqda.