Maʼlumotga binoan, poytaxt havosida PM10 zarrachalari miqdori 125 mkg/m³ ni tashkil etib, belgilangan meʼyordan oshmagan.
Shu bilan birga, PM2.5-mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasi 70,2 mkg/m³ gacha koʻtarilib, ruxsat etilgan meʼyor (60 mkg/m³)dan 1,2-marta yuqori qayd etildi.
IQAir portaliga koʻra, 3-dekabr kuni Toshkent havosi iflos shaharlar reytingida 23-oʻrinni egallab turibdi.
Oʻzgidrometning taʼkidlashicha, havo haroratining keskin oʻzgarishi inversiya hodisasini yuzaga keltirgan boʻlib, u mayda zarrachalarning havoda toʻplanishi va ularning konsentratsiyasini oshishiga sabab boʻlmoqda.








