2024-yil mart oyida poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida fevral oyiga nisbatan oʻrtacha 0.61 foizga, toʻliq taʼmirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa oʻrtacha 0.76 foizga tushish kuzatildi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasi
2024-yil mart oyida bu toifadagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari fevral oyiga nisbatan oʻrtacha 0,6 foizga pasayib, 391 dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari 1,2 foizga arzonlab, oʻrtacha 436 dollargacha tushdi. Shuningdek, oʻrtacha taʼmirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari mos ravishda 0,2 foiz va 0,4 foizga pasayib, oʻrtacha narxlar 513 dollar va 591 dollarni tashkil etdi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 354 dollar, 2 xonali — 386 dollar, 3 xonali — 435 dollar, 4 xonali — 441 dollar), Olmazor (1 xonali — 359 dollar, 2 xonali — 414 dollar, 3 xonali — 454 dollar, 4 xonali — 489 dollar) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali — 463 dollar, 2 xonali — 518 dollar, 3 xonali — 620 dollar, 4 xonali — 819 dollar) va Shayxontohur (1 xonali — 437 dollar, 2 xonali — 456 dollar, 3 xonali — 537 dollar, 4 xonali — 624 dollar) tumanlarida kuzatildi.
Toʻliq taʼmirlangan uylar ijara narxlari
Mart oyida toʻliq taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun oʻrtacha ijara narxlari 472 dollarni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 0,8 foizga tushgan boʻlsa, 2 xonali uylar uchun ushbu koʻrsatkichlar mos ravishda 644 dollar va 1,1 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlarida (788 dollar) ham biroz (0,3 foiz) tushish kuzatildi. Shuningdek, toʻliq taʼmirlangan 4 xonali uylar oʻrtacha ijara narxlari ham 0,9 foizga tushib, 909 dollargacha pasaygan.
Toʻliq taʼmirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 394 dollar, 2 xonali — 449 dollar, 3 xonali — 556 dollar, 4 xonali — 646 dollar) va Uchtepa (1 xonali — 396 dollar, 2 xonali — 496 dollar, 3 xonali — 622 dollar, 4 xonali — 646 dollar) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali — 567 dollar, 2 xonali — 844 dollar, 3 xonali — 1024 dollar, 4 xonali — 1097 dollar) va Shayxontohur (1 xonali — 556 dollar, 2 xonali — 845 dollar, 3 xonali — 1050 dollar, 4 xonali — 1024 dollar) tumanlarida kuzatildi.
Ijara narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida toʻplangan. Bunda 2024-yil fevral oyi uchun 51,5 ming va mart oyi chun 52,2 mingta maʼlumotdan foydalanilgan. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastgi 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriligan.