Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi

    Voqea-hodisalar 12 Yanvar 2023 1866

    2023-yil 23-24-yanvar kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

    Oʻzbekistonning mazkur tuzilmaga raisligi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi IHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalari, shuningdek, Tashkilot Bosh kotibi X.Noziriy ishtirok etadi.

    Yigʻilishni yoritish istagini bildirgan milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

    1) muxbirni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi OAV rahbariyati murojaati;

    2) OAV toʻgʻrisidagi maʼlumot;

    3) akkreditatsiyadan oʻtadigan shaxslarning tarjimai holi (rezyume / V), pasport nusxasi va fotosurati (3x4 oʻlchamda, kamida 240x320 piksel, kopi bilan 600x800 piksel, toʻliq yuz koʻringan holda, oq fonda);

    5) toʻldirilgan anketa

    Ommaviy axborot vositalaridan arizalar 2023-yil 20-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali yoki bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, jumladan eco-press@mfa.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.

    Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan arizalar, shuningdek zarur maʼlumotlar va toʻldirilgan anketa ilova qilinmagan murojaatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

    Shu bilan birga, sammitni yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAVning topshirgan arizalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasiz Oʻzbekistonga tashrif buyurish va jurnalistik faoliyati bilan shugʻullanish uchun asos boʻla olmaydi.

    Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.