баннер
20 Mar 2025
00:19

    Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti tez orada oʻchadi

    Toshkent shahri hokimligi tez orada 2024–2025-yillar uchun isitish mavsumini yopish haqida qaror qabul qiladi.

    Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi axborot xizmati xabar berdi.

    Qoidalarga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Koʻp qavatli uylarda issiqlik taʼminoti xizmati koʻrsatish tartiblari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, oʻrtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh mobaynida +8 darajada saqlanib tursa, isitish mavsumi yakunlanadi.

    Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 8-martdan 14-martgacha boʻlgan davrda Toshkentda oʻrtacha sutkalik harorat +11,6 darajani (minimal — +9 daraja 8-martda, maksimal — +13,1 daraja 14-martda) daraja boʻladi.

    "Isitish mavsumi yakunlangach, “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi yilning issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalar va nasos stansiyalarida joriy hamda kapital taʼmirlash ishlarini olib boradi, deya qoʻshimcha qilinadi axborot matnida.

    Qayd etilishicha, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruvchi kompaniyalar va UJMSHlar mavjud binolarda muhandislik kommunikatsiyalarni keyingi isitish mavsumiga hozirlashni boshlashlari, jumladan, uylardagi isitish tizimlarini yuvish, joriy va kapital taʼmirlash ishlarini bajarishlari kerak.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech