Toshkent shahrida jamoat transporti xizmatidan foydalanuvchilar soni ortmoqda

    Transport 14 Iyun 2023 1589

    Shahar jamoat transporti xizmatidan foydalanuvchilar koʻrsatkichi 63 foizga oʻsgan.

    “Toshshahartransxizmat” AJ xabariga koʻra, shahar jamoat transporti xizmatidan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Harakatlar tarkibi yangilandi. Yoʻnalishlarga yangi katta va oʻta katta sigʻimli avtobus va elektrobuslarning chiqarildi.

    Taʼkidlanishicha, joriy yilning may oyida kunlik 782 ming nafar yoʻlovchi tashilgan. Oʻtgan yilning shu davrida bu koʻrsatkich 478 ming nafarni tashkil etgan. Yaʼni xizmatdan foydalanish koʻrsatkichi 63 foizga oʻsgan.

    Shuningdek, joriy yil may oyida kunlik 1330 ta avtobus yoʻnalishga chiqarilgan boʻlsa, 2022-yilning shu davrida kunlik avtobuslar soni 806tani tashkil etgan.

    2023-may oyida amalga oshirilgan kunlik qatnovlar soni 16 741tani tashkil etgan. 2022-yilda ushbu koʻrsatkich 10 424tani tashkil etgan (yaʼni +60% gacha oshgan).