Xabarda maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 30-dekabr kuni soat 08:21 da roʼy bergan.

Ushbu hodisa oqibatida bir kishi jarohatlangan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari yetib borgan.

Qoʼshimcha maʼlumotlar yaqin daqiqalarda taqdim etilishi maʼlum qilingan.