Toshkent shahrida Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochildi

    Xalqaro hamkorlik 27 May 2021 4779

    Bu Rossiya kimyo-texnologiya universitetining xorijdagi ilk filialidir, deya xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati.

    Ochilish marosimida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Rossiya oliy taʼlim muassasasi tarixi Oʻzbekiston bilan chambarchas bogʻliqligi haqida soʻz yuritarkan, mazkur universitet 1941-yilning kuzida, yaʼni Ikkinchi jahon urushi davrida Qoʻqon shahriga koʻchirilgani va u yerda 1943-yil bahorigacha faoliyat yuritgani haqida soʻz yuritdi.

    Oliy oʻquv yurtining Toshkentdagi filialida oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlangan. Filial materialshunoslik, nanomateriallar va nanotizimlar texnologiyalari kabi yoʻnalishlarda mutaxassis va kadrlarni tayyorlaydi.