Unda keltirilishicha, oktyabr oyida koʻchmas mulk bozorida faollikning susayishi davom etib, savdo bir oy oldingi 17 foizga nisbatan 10 foizga tushdi. Faollikning tez surʼatda sekinlashishi tiklanuvchi xususiyatga ega va bu qurilish sektorida biznes muhitining 7 punktga qulay oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻldi.
Oktyabr oyida koʻchmas mulk savdosi 10 foizga kamaydi, oldi-sotdi bitimlari soni bir oy oldingi 23 mingtaga nisbatan 21 mingtani tashkil etdi.
Eng yuqori pasayish Surxondaryo – 30 foiz, Namangan – 24 foiz va Jizzax viloyatlarida – 23 foiz qayd etildi.
Koʻchmas mulk bozorida oʻrtacha faollik saqlanib qolgan hududlar Navoiy va Buxoro viloyatlari boʻlib, ularda oʻsish mos ravishda 12 va 0,8 foizni tashkil etdi.
Poytaxt viloyatida bir oy davomida sotuvlar atigi 1,7 foizga pasaydi, poytaxtda esa bir oy oldingi 24 foizga qarshi oʻlaroq 3,2 foizga pasayish kuzatildi.
Koʻchmas mulkni sotish hajmi oʻtgan yilga nisbatan 7 foizga kamaydi. Sotuvlar pasayishining eng yuqori surʼatlari Toshkent – 27 foiz, Jizzax – 19 foiz va Sirdaryo – 15 foiz viloyatlarda qayd etildi.
Qizigʻi shundaki, Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarning 51 foizdan ortigʻi Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona va Samarqand viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Oktyabr oyida Toshkent shahrida ijaraning oʻrtacha narxi sentyabr oyidagi 9,1 dollarga nisbatan 4,4 foizga oshib, 1 kv.m. uchun 9,5 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning 11 ta tumanidan 10 tasida uy-joy ijarasi narxining oshishi qayd etildi.
Umuman, oʻtgan yilga nisbatan Toshkent shahrida ijaraning oʻrtacha narxi 9,5 foizga pasaygan. Yil boshidan buyon oʻrtacha ijara narxi 7,3 foizga kamaydi.
Ikkilamchi koʻchmas mulk bozori
Oktyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining oʻrtacha oʻsishi bir kv.m. uchun 0,3 foizga oshdi, oʻtgan yilning oktyabr oyidan buyon ikkilamchi uy-joy narxi deyarli 20 foizga oshdi.
Oʻtgan yilning oktyabr oyidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli oʻsishi Namangan – 28,1 foiz, Navoiy – 27,9 foiz va Toshkent-30,5 foiz viloyatlarda qayd etildi.
Toshkent shahrida oy davomida ikkilamchi uy-joy narxi 1,6 foizga oshdi.
Oʻtgan yilning sentyabr oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi 25,4 foizga oshdi.
Oʻzbekistondagi koʻchmas mulk bozorini koʻrib chiqish Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqot yoʻnalishlaridan biri boʻlib, u birlamchi va ikkilamchi koʻchmas mulkning bozorlaridagi faollik dinamikasini taqdim etadi. Maʼlumotlar hisobot oyi uchun ham, yil boshidan hisobot oyigacha boʻlgan davr uchun ham taqdim etiladi.
Bundan tashqari, bozor dinamikasini kuzatish uchun oʻtgan yilning shu davriga oid maʼlumotlar taqdim etiladi.