Toshkent shahrida oʻqiyotgan talaba-yoshlar Andijonga bepul olib ketiladi

    Transport 22 Dekabr 2022 2247

    Talablarga qulaylik yaratish, ularga koʻmaklashish maqsadida Andijon viloyati Transport boshqarmasi ibratli va xayrli tashabbus bilan chiqdi.

    Yangi yil bayrami oldidan Toshkent – Andijon poyezdiga bilet topish ancha qiyin boʻladi, avtomashinada qaytish uchun esa bayram arafasida yoʻlkira birmuncha qimmat boʻlib ketadi. Bu ayniqsa, talabalarni qiyin ahvolga solib qoʻyadi.

    Shundan kelib chiqib, talabаlarga qulaylik yaratish, ularga koʻmaklashish maqsadida boshqarma ushbu xayrli ishga qoʻl urdi. Bu haqda OʻzA xaar qildi.

    Andijon Transport boshqarmasi boshligʻi Oʻtkirbek Mashrapovning taʼkidlashicha, Toshkent shahrida tahsil olayotgan, yangi yil bayrami va qishki taʼtilni oʻtkazish uchun uylariga keladigan andijonlik talabalarni olib kelish maqsadida 25 ta avtotransport vositasi ajratiladi.

    Bundan tashqari, imkon qadar koʻproq talabalarni olib kelish uchun yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi avtomobil egalarini ushbu xayrli ishga qoʻshish taklifi bildirildi.

    Avtomashinalar 27-dekabr seshanba kuni poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” mehmonxonasi oldidan soat 12.00 da Andijonga joʻnaydi. Toshkent shahrida tahsil olayotgan andijonlik talabalar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.