Voyaga yetmagan, 2006-yilda tugʻilgan H.S. va 2007-yilda tugʻilgan D.U. jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, voyaga yetmagan 2009-yilda tugʻilgan S.X.ni urib, yengil tan jarohati yetkazgan.
Taʼkidlanishicha, voqea shu yilning 13-aprel kuni taxminan soat 12.30 larda Yangihayot tumani 8-hududdagi qurilishi tugallanmagan obyekt hududida boʻlib oʻtgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.