Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 26-27-may kunlari mazkur tadbirda ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya hududlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillari asosida yanada rivojlantirish hamda chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Amaliy hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, innovatsion hamkorlik dasturlarini qoʻllab-quvvatlash, fan, taʼlim hamda faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.