Toshkent shahrida O‘zbekiston tabiatiga xos bo‘lmagan toshbaqa turi aniqlandi

    Yashil sayyora 20 Iyun 2020 1232

    Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati ma'lum qildi.

    Qizilquloq botqoq toshbaqasi 30 ga yaqin mamlakatda qayd etilgan.

    Shu vaqtgacha bu tur respublikamiz hududida faqat uy sharoitida uchrardi. Biroq 2019-yilning kuzida baliqchilar tomonidan Burijar kanalida Qizilquloq botqoq toshbaqasining 4 ta individi uchrashi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu hududda olib borilgan bir necha tadqiqotlar natijasida 2020-yilda qishlagan individ topildi.

    Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Qizilquloq botqoq toshbaqasi mamlakatimiz suv havzalarida oson qishlashi, ko‘payishi va keng tarqalishi mumkin.