Toshkent shahrida qurilish ishlari 4,9 foizga koʻpaydi

    2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahrida jami qariyb 23,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,9 % ga oshgan.

    Toshkent shahrida bajarilgan qurilish ishlari tarkibi:

    Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar – 34,2 %

    Kichik korxona va mikrofirmalar – 53,5 %

    Norasmiy sektorlar – 12,3 %