Toshkent shahrida vujudga kelgan avariyaviy hodislarni tezkor bartaraf etiladi

    Energetika 14 Yanvar 2023 711

    Buning uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning respublika boʻylab barcha hududiy filiallaridan qoʻshimcha kuchlar safarbar etilgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda elektr taʼminotidagi uzilishlar sabab aholi vakillari Yunusobod tumani hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yaqinida yigʻilgani aks etgan video tarqaldi.

    “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holat boʻyicha quydagilarni maʼlum qildi.

    Respublikamizda kuzatilayotgan sovuq sharoiti tufayli aholining elektr energiyasiga boʻlgan talab oshishi hamda kuzatilayotgan anomal harorat sabab xonadonlarga berilayotgan gaz bosimi hamda issiqlik taʼminoti haroratining tushib ketishi sababli elektr taʼminotiga meʼyoridan ortiq yuklamalar kelib tushmoqda.

    Toshkent shahrining ayrim tumanlarida yuzaga kelayotgan elektr tarmoqlaridagi avariyaviy hodisalarning asl sababi aynan shunday yuklamalar sababli vujudga kelmoqda.

    Bugun Yunusobod tumani fuqarolari ham elektr energiyasiyada vujudga kelayotgan uzilishlar sabab tuman elektr taʼminotiga toʻplanishgan. Aholiga tushuntirish berilgan hamda odamlar tarqalgan.

    Toshkent shahrida vujudga kelgan avariyaviy hodislarni tezkor bartaraf etish maqsadida bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning respublika boʻylab barcha hududiy filiallaridan qoʻshimcha kuchlar safarbar etilgan.