Toshkent shahrida 8 ta avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritilyapti

    Transport 24 Sentabr 2020 1467

    Toshkent shahridagi Fargʻona yoʻli koʻchasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 8 ta avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ xabar berdi.

    1). Fargʻona yoʻli koʻchasining Nukus koʻchasidan Sayxun koʻchasigacha boʻlgan qismi 2020-yil 24-sentyabrdan boshlab avtomobillar harakati uchun bir tomonlama yopish boʻlishi munosabati bilan, ushbu oraliqda harakatlanuvchi 7 ta avtobus yoʻnalishlariga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi:

    12 va 81-sonli avtobus yoʻnalishlarining Qoʻyliq bozori tomon harakati Nukus koʻchasidan Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayxun va Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali oʻzgartiriladi;

    26 va 37-sonli avtobus yoʻnalishlarining shahar markazidan qaytish yoʻnalishidagi harakati T.Shevchenko koʻchasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayxun va Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali oʻzgartiriladi;

    68 va 93-sonli avtobus yoʻnalishlarining Qoʻyliq bozori tomon harakati Istiqbol koʻchasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayxun va Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali oʻzgartiriladi;

    2). Fargʻona yoʻli koʻchasidan Uysozlar koʻchasiga burilish yopilganligi sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yoʻnalishlariga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi:

    12 va 68-sonli avtobus yoʻnalishlarining shahar markazidan qaytish yoʻnalishidagi harakati Fargʻona yoʻli, Jarqoʻrgʻon, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar koʻchalari orqali keyingi harakatlari oʻz yoʻnalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik oʻzgartiriladi;

    3). Yangi Qoʻyliq koʻchasidan Fargʻona yoʻli koʻchasiga chiqish yopilganligi sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yoʻnalishlariga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi:

    37 va 55-sonli avtobus yoʻnalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qoʻyliq koʻchasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan soʻng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol koʻchalari, Fargʻona bozori koʻprik osti yoʻli, Fargʻona yoʻli-Jarqoʻrgʻon koʻchalari chorrahasi, Fargʻona bozori koʻprik yoʻli va Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali keyingi harakatlari oʻz yoʻnalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik oʻzgartirildi.

    Fargʻona yoʻli koʻchasidagi rekonstruksiya ishlari doirasida avtobus yoʻnalishlari harakatiga kiritilgan vaqtinchalik oʻzgartirishlar toʻgʻrisida umumiy chizma

    Yoʻnalishlar harakatiga kiritilayotgan vaqtinchalik oʻzgartirishlar natijasida, yoʻnalishlardagi qatnov vaqtlari va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortishi mumkin.

    Koʻcha-yoʻl tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinchalik cheklanishi holatlariga koʻra, yuqorida keltirilgan yoʻnalishlar harakatiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

    Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz" - deyiladi xabarda.

    Toshkent shahridagi Fargʻona yoʻli koʻchasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 8 ta avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ xabar berdi.