Toshkent shahridagi Amir Temur koʻchasining bir qismi qisman yopiladi

    Urbanizatsiya 16 May 2023 1544

    Amir Temur koʻchasi boʻylab yangi elektr tarmogʻi qurilishi olib boriladi.

    Ayni kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtimizning elektr taʼminoti tizimi uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida keng koʻlamli rekonstruksiya va qurilish ishlari olib borilmoqda.

    Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Amir Temur koʻchasi boʻylab yangi elektr tarmogʻi qurilishi olib boriladi.

    Shu munosabat bilan 15-maydan to qurilish ishlari yakunlanguniga qadar Amir Temur shoh koʻchasining Nukus koʻchasi bilan kesishmasidan Amir Temur koʻchasi boʻylab Shahrisabz koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan oraliqda yoʻlning bir tasmasi vaqtincha yopiladi.