Xususan:
Yangihayot tumanida joylashgan “ENERGOMASHTRANS IMPEX” (SHAFFOF) MCHJga AGTKSH oʻzboshimchalik bilan belgilangan oʻchirish grafigiga rioya etmagan holda oʻrnatilgan bir martalik tamgʻalarni buzib, koʻcha yoritish chiroqlarini oʻchirgan holda yashirincha faoliyat koʻrsatayotganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur AGTKSH bugungi kunga qadar 2 marotaba qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyganligi sababli, unga joriy yilning 4-dekabr kuni 50 400 metr kub (50,4 mln soʻm) va 21-dekabr kuni 921 600 metr kub (921,6 mln soʻm) qayta hisob-kitob qilingan.
Bugun, 29-dekabr kuni oʻtkazilgan tadbirda AGTKSHning modem qurilmasi oʻchirilganligi va tabiiy gazdan oʻzboshimchalik bilan foydalanib kelayotganligi sababli 460 800 metr kub (460,8 mln soʻm) qoʻshimcha hisob-kitob qilindi hamda tabiiy gaz yetkazib berish toʻxtatildi.
Shuningdek, Sergeli tumani, Yangi Toshkent halqa yoʻlida joylashgan “MEGA OIL BIZNES” MCHJga qarashli AGTKSH belgilangan oʻchirish grafigiga rioya etmagan holda oʻzboshimchalik bilan faoliyat koʻrsatayotganligi maʼlum boʻldi.
Ushbu AGTKSHning gaz hisoblagichi belgilangan tartibga koʻra ulanish nuqtasida joylashishi oʻrniga shoxobcha hududida oʻrnatilgan. Tadbir davomida AGTKSHning gaz hisoblagichini koʻzdan kechirish imkoniyati boʻlmaganligi sababli, ASKUG tizimi orqali oʻrganilganda, “Hududgaztaʼminot” AJning metrologlari tomonidan gaz hisoblagichning parametrlari oʻzgartirilganligi boʻyicha xulosa qilindi.
Shuningdek, mazkur AGTKSH belgilangan kunlik gaz sarfini yashirincha kamaytirib koʻrsatib kelayotganligi maʼlum boʻldi va unga tabiiy gaz yetkazib berish toʻxtatildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.