Shu sabab ayrim koʻchalarda vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati qisman cheklanib, ular uchun aylanma harakat tashkil etiladi, deya xabar berdi IIV matbuot xizmati.
Jumladan, 15-noyabr kuni soat 14:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy, Ganga koʻprigi kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Qorasaroy, Zarqaynar koʻchalari chorrahasigacha yopilib, haydovchilar Sebzor va Nurafshon koʻchalari boʻylab harakatlanishlari mumkin.
Shu kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy, Qorasaroy koʻchalari chorrahasidan Qorasaroy koʻchasi boʻylab, Nurafshon, Qorasaroy koʻchalari chorrahasigacha yopilib, haydovchilar Qorasaroy koʻchasidan kichik halqa yoʻligacha hamda Nurafshon koʻchasidan Sebzor koʻchasi boʻylab harakatlanishlari mumkin boʻladi.
Shuningdek, 16-noyabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov, Botir Zokirov koʻchalari chorrahasidan Islom Karimov koʻchasi boʻylab, Islom Karimov, Furqat koʻchalari chorrahasigacha vaqti-vaqti bilan qisman yopiladi. Haydovchilar Botir Zokirov, Alisher Navoiy koʻchalari hamda Olmazor, Beshyogʻoch koʻchalari orqali Furqat koʻchasiga oʻtishlari mumkin.
Soat 9:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov, Furqat chorrahasidan Furqat koʻchasi ikkinchi darajali yoʻl boʻylab Xadra maydonigacha yopilib, haydovchilar Alisher Navoiy va Islom Karimov koʻchalari boʻylab harakatlanishlari mumkin boʻladi.
Shu bilan birga, mazkur tadbirlar munosabati bilan 14–17-noyabr kunlari hududlardan kelayotgan yuk tashuvchi transport vositalarining Toshkent shahriga kirishi cheklanadi. Shahar markazida esa yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi toʻliq toʻxtatiladi.
Xalqaro tadbirlar doirasida belgilanadigan vaqtinchalik cheklovlar sababli vodiydan vohaga hamda vohadan vodiyga harakatlanish D-012 avtomagistral yoʻli orqali amalga oshiriladi.









