Jumladan, ishlab chiqilgan rejaga muvofiq:
- 41-sonli “Chilonzor mavzesi 25-daha ASHB – Chilonzor buyum bozori ASHB” avtobus yoʻnalishining harakati Bunyodkor shoh koʻchasidan Toshkent halqa avtomobil yoʻli koʻchasi orqali “Yangi Choshtepa mavzesi”ga tashkil etilmoqda.
- 121-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha ASHB - Bekobod mavzesi" avtobus yoʻnalishining harakati Qorasaroy koʻchasidan Dilsaroy, Sahbon, Kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda 2 tomonlama tashkil etilmoqda.
Toshkent shahri jamoat transportida yoʻlovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash, yoʻlovchilar oqimi koʻp boʻlgan va avtobuslar soni yetishmayotgan yoʻnalishlarni harakat tarkibi bilan toʻldirish, shuningdek, aholi tomonidan yoʻllangan murojaatlar va ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, 2021-yil 1-aprel kunidan boshlab, quyidagi qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshiriladi.
Xususan:
- 15-sonli “Qoʻyliq 1-mavzesi - Doʻstlik metrosi” avtobus yoʻnalishidagi 6 ta Mercedes Benz avtobuslari oʻrniga 68-sonli avtobus yoʻnalishidagi 6 ta ISUZU rusumli avtobuslarga oʻzgartiriladi.
- 68-sonli “Qoʻyliq dehqon bozori - Chorsu savdo markazi” avtobus yoʻnalishidagi 8 ta ISUZU avtobuslari oʻrniga 68-sonli va 93-sonli avtobus yoʻnalishlaridagi 8 ta Mercedes Benz rusumli avtobuslarga oʻzgartiriladi.
Bundan tashqari, 68-sonli avtobus yoʻnalishidan boʻshagan 2 ta ISUZU va 1 ta SAZ-LE-60 avtobuslari 26, 119 va 55 sonli avtobus yoʻnalishlarini toʻldirish uchun taqdim etiladi.
“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati