Toshkent shahridagi Inxa universitetiga rektor tayinlandi

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Bobur Sagdullayevich Abdullayev Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori etib tayinlandi.

    B. Abdullayev bunga qadar Toshkent shahridagi Amiti universiteti boshqaruvi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

    U Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Koreya Respublikasi davlat xizmatchilarini oʻqitish markazi institutini tamomlagan.