Toshkent shahridagi “Maxtumquli” koʻchasida yoʻl harakati vaqtincha cheklanadi

    Toshkent shahridagi “Maxtumquli” koʻchasida yoʻl harakati 1-noyabrgacha cheklanadi.

    Toshkent shahrida yoʻl infratuzilmasini yangilash ishlari izchil davom etmoqda. Shu doirada kichik halqa avtomobil yoʻlining (KHAY) “Maxtumquli” koʻchasi bilan kesishmasidagi koʻprik osti qismida taʼmirlash ishlari boshlandi.

    Shu sababli, 2025-yil 5-oktyabrdan 1-noyabrgacha ushbu hududda transport vositalari harakati qisman cheklanadi.

    Yoʻldagi noqulayliklar vaqtinchaligini taʼkidlash joiz: taʼmirlash ishlari yakunlanganidan soʻng, 1-noyabr kuniga qadar harakat toʻliq tiklanadi.