Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, 9 sentabrdan boshlab 5 ta oliy oʻquv yurti talabalari uchun oʻqish soat 08:00 da, 11 ta oliy oʻquv yurtida 08:30 da, 6 ta oliy oʻquv yurtida 09:00 da va yana 5 ta oliy oʻquv yurtida 09:30 da oʻqish boshlanadi.

Bu talabalarga qulaylik yaratib, metroda yoʻlovchilar oqimini toʻgʻri taqsimlashga xizmat qilishi kutilmoqda.