Shu sababli, 14-may 00:00 dan koʻchaning “Asia alliance bank” qarshisidagi qismida yoʻlning bir tomoni vaqtincha yopiladi.

Shuningdek, ushbu hududdagi bir necha koʻp qavatli uylarda issiq suv taʼminoti toʻxtatiladi.

Taʼmirlash jarayoni 15-may kuni tugatilishi rejalashtirilgan.

Noqulayliklar uchun “Toshissiqquvvati” DUK uzr soʻragan.