Toshkent shahridagi “Seul” bogʻi rekonstruksiya qilinadi

    Urbanizatsiya 5 Iyul 2022 2648

    2022-yil 4-iyulda Toshkent shahar hokimining turizm, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Faxriddin Davrukov Koreya Respublikasining elchixona maslahatchisi Kuk Chan Xyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

    Seul meriyasi “Doʻstlik” bogʻining hududida joylashgan “Seul” bogʻini rekonstruksiya qilishni, shu jumladan, uni yangi uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlashni rejalashtirgan. Loyiha ustida ishlash uchun meriya konsalting kompaniyasini jalb etgan boʻlib, uning mutaxassislari bogʻni koʻzdan kechirib, loyihaning ustuvor yoʻnalishlarini va oʻz mulohazalarini Toshkent shahar hokimligi rahbariyati bilan muhokama qildi.

    Muloqot davomida hokim oʻrinbosari xoʻjalik masalalari boʻyicha ham (yoritish, sugʻorish, cherepitsa, suv havzasi uchun filtrlar), bogʻdan samarali foydalanish, koreys madaniyatini targʻib etishga qaratilgan madaniy va koʻngilochar tadbirlar, aksiyalar va boshqalarni oʻtkazish yuzasidan ham qator takliflarini bildirdi.

    Taraflar bogʻni jihozlash borasida kelishib, undan foydalanishning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatladilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.