Turin Politexnika Universitetining qoʻshma IT fakulteti - AKITAning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

    Ta'lim 21 Sentabr 2024 511

    Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Janubiy Koreyaning Yeungnam universiteti qoʻshma taʼlim dasturining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Joriy yilning 20-sentabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi qoʻshma IT fakulteti — AKITA “Academy of Korea IT Alliance”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Janubiy Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, ikki davlatning 30 ga yaqin IT soha vakillari hamda nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

    Tantanali ochilish marosimini Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi kongressmeni Kwon Youngjin oʻzining kirish soʻzi bilan ochib berdi. Ochilish marosimida AKITA direktorlar kengashi raisi Chong Ok-Rae, Yuqori Chirchiq tumani hokimi Uskenbay Atemov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyev, IT Park Uzbekistan Bosh direktori Farhod Ibragimov, Koreya milliy kengashi deputati Kvon Yong Jin va Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov, Singapur Menejmentni rivojlantirish institutining rektori Ilhom Mamatqulovlar soʻzga chiqdilar.

    Tadbir ishtirokchilari “AKITA”ning ochilishi Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, mamlakatda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori darajadagi IT-mutaxassislarini tayyorlashda muhim qadam boʻlishini taʼkidladilar.