Monitoring natijalari 8 xil mahsulot boʻyicha oʻtgan oydagiga nisbatan minimal narxlar pasayganligini koʻrsatdi*. Shunday qilib, oq karamning narxi 22,0 foiz, guruchning narxi 15,6 foiz, qizil sabzining narxi 10,0 foiz, kungaboqar yogʻining narxi 7,4 foiz, sariq piyozning narxi 6,8 foiz, margarinning narxi 6,6 foiz, limonning narxi 5,6 foiz, lavlagining narxi 5,1 foiz pasaygan.
4 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. Ayniqsa, pomidor va bodring narxining oshishi yaqqol seziladi. Shuni taʼkidlash kerakki, xuddi shunday tendensiya oʻtgan yilda ham kuzatilgandi. Bu esa ushbu mahsulotlarni bozorga etkazib berishda mavsumiy omillarning taʼsiri borligidan dalolat beradi.
9 nomdagi mahsulotning eng past narxlari oʻzgarishsiz qolgan. Ularning orasida grechka, sut, bugʻdoy uni va boshqalar bor.
*tahlil 9-noyabr va 6-dekabr kunlari oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida qilindi.