Toshkent shahridagi Amiti Universitetida kirish imtihonlari ilk marotaba onlayn oʻtkazildi

    Ta'lim 1 Iyul 2020 6320

    Toshkent shahridagi Amiti universitetida birinchi bosqich imtihonlari boʻlib oʻtdi. Imtihonlar onlayn shaklda oʻtkazilib, unda sunʼiy intellekt texnologiyalardan foydalanildi.

    Ushbu tizim Oʻzbekistonda birinchi marotaba joriy qilinib, birinchilaridan boʻlib Toshkent shahridagi Amiti universitetida qoʻllanildi.

    Tizim imtihon paytida nomzodlarning yuzlarini, ovozlarini va harakatlarini tahlil qila oladi. Abituriyentlar hamda imtihon jarayonida testdan oʻtish uchun boshqa axborot manbalaridan foydalana olmaydilar. Bu oʻz navbatida, imtihon jarayonlarini haqqoniy va shaffof oʻtishini taʼminlab beradi.

    Imtihonlarning birinchi kunida Xalqaro tayyorgarlik kursi (International Foundation Study) yoʻnalishi boyicha jami 700 nafarga yaqin abituriyent imtihon topshirdi. Imtihon davomida abituriyentlar xatti-harakatlari maxsus platforma orqali Hindiston tomondan biriktirilgan 56 ta professor-oʻqituvchilari tomonidan nazorat qilindi.

    Eslatib oʻtamiz, navbatdagi imtihonlar 18 va 19 iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

    Manba: Axborot xizmati