баннер
30 Mar 2025
00:06

    Toshkent shahridagi eskirgan 452 ta liftlar yil yakuniga qadar yangilanadi

    Bu haqda Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq, 2025-yil oxirigacha ekspluatatsiya muddati oʻtgan 452 ta lift yangisiga almashtiriladi.

    Yangilanadigan liftlar “Osten” brendiga tegishli boʻlib, ular “Texnopark“da ishlab chiqariladi.

    Hozirda Toshkent shahridagi koʻp xonadonli uy-joylarda jami 9101 ta lift mavjud.
    Ulardan 2042 tasining (22,4%) foydalanish muddati oʻtgan.
    2025-yil oxirigacha 2042 ta eski liftning 452 tasi (22,1%) yangilanadi.
    Yangi liftlar ilgʻor xavfsizlik standartlariga ega va energiya tejamkor boʻladi.

    Yangilanadigan liftlarni tanlash mezonlari:

    — 25-yildan ortiq xizmat qilgan;
    — Texnik talablarga javob bermaydigan;

    Xavfsizlik darajasi past boʻlgan liftlar ustuvor tartibda almashtiriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech